
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PF–116-son farmoniga asosan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-maydagi 388-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) asosiy vazifalari belgilangan:
foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish;
geologik materiallarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish;
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
respublikaning mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlovchi foydali qazilmalarning barcha turlari zaxiralarini tasdiqlash.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘limi Davlat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Ishchi organ:
bajaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini, shuningdek, boshqa geologik materiallarni Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun qabul qilib oladi;
ko‘rib chiqilayotgan obyektlarning murakkabligiga ko‘ra ekspertizalarning zarur turlarini va ularni o‘tkazish uchun ekspertlarning shaxsiy tarkibini belgilaydi;
ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha ekspertlar tomonidan xulosalarning o‘z vaqtida taqdim etilishini, ularning to‘liqligi va xolisonaligini nazorat qiladi;
taqdim etilgan materiallarning bajaruvchi tashkilotlaridan mineral xom ashyo uchun konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlarning to‘liqligi baholanishini tekshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi;
geologiya-qidiruv ishlarini va foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini olib borayotgan tashkilotlardan Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun konditsiyalar loyihalarini, zaxiralarni hisoblab chiqishga doir hisobotlarni va boshqa materiallarni taqdim etish jadvallarini so‘rab oladi, Davlat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tuzadi;
Davlat komissiyasi tomonidan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini ko‘rib chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa ma’lumotlarning to‘liqligi va sifatini oshirish, zaxiralarni hisoblashning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobi bilan birga ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha har yilgi sharhlarni tuzadi, ular Davlat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda nashr etiladi va manfaatdor tomonlarga yuboriladi;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan yuritiladigan O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari natijalari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni va konlardan foydalanilishni hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek operativ hisoblar bo‘yicha balansga qabul qilingan zaxiralarni Davlat komissiyasiga davlat ekspertizasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyalar beradi;
geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-metodik hujjatlarni (konlarning zaxiralarini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini tasniflash, foydali qazilmalarning har xil turlari konlariga zaxiralar tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar, tegishli materiallarning mazmuni, rasmiylashtirilishi va Davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar, shu jumladan, foydali qazilmalar zaxiralari hisoblangan holda hisobotlar) va Davlat komissiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha materiallar va qarorlar loyihalari tayyorlanishini va ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritilishini ta’minlaydi.
2024-yilda 155 ta xar xil turdagi foydali qazilmalar zaxiralar konlari, shu jumladan: 4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta uran, 6 ta yer osti suvlari, 4 ta uglevodorod, 1 ta fosforit, 1 ta marganes va 134 ta xar xil turdagi noruda xom ashyo konlari zaxiralari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, soha mutaxassislari tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini tartibga soluvchi 10 ta normativ hujjatlar ishlab chiqilib Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.