Ispaniya Elchisi bilan uchrashuv
2025-02-21 17:50:00 / Yangiliklar va voqealar

21-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rikardo Martines Vaskes bilan uchrashdi.
Rikardo Vaskes O‘zbekiston Ispaniyaning Markaziy Osiyodagi muhim hamkori ekanligini ta’kidlab, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi. Muhokamaning muhim jihati turizm aloqalarini rivojlantirish, xususan, mamlakatlar oʻrtasida sayyohlar oqimini koʻpaytirish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, elchi transport sohasi masalasini ko‘tarib, savdo oqimlarini optimallashtirish uchun logistika aloqalarini yaxshilash va transport yo‘laklarini rivojlantirish muhimligini qayd etdi.