AQShning mamlakatimizdagi elchisi bilan uchrashuv
2025-02-18 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar. Tomonlar Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlandi. Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
AQSH tomoni “Termiz Cargo Center” xalqaro transport-logistika xabi BMTning Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi (QBOKB) global tarmogʻiga kiritilganini munosib olqishladi.