Qirg‘iz Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-02-10 19:20:00 / Yangiliklar va voqealar
10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Duishonqul Cho‘tonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, turli darajadagi istiqboldagi rejalar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.