Belarus Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi ishonch yorliqlari nusxalarini taqdim etdi
2025-02-10 12:00:00 / Yangiliklar va voqealar
![Belarus Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi ishonch yorliqlari nusxalarini taqdim etdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F2016d0cd-f811-c1f4-4736-73d24ed6a868_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
2025-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Muloqot davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida vazir Belarus Respublikasi elchisiga O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.