Ukraina Elchisi bilan uchrashuv
2025-02-03 18:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ukraina munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.