Asosiy kontentga o'tish

Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2025-01-17 10:00:00 / Yangiliklar va voqealar

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston munosabatlarida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni rivojlanishiga alohida e’tibor qaratishdi.

Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, Trans-afg‘on temir yo‘li qurilishi ham kun tartibidan o‘rin oldi.

377

Oxirgi yangilanish: 2025-01-17 17:30:28

Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi