TIVda Gruziyaning Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-14 13:00:00 / Yangiliklar
14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Gruziyaning mamlakatimizdagi Muvaqqat ishlar vakili David Kotariyani qabul qildi.
Yig‘ilishda 2024-yilda amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlar yakunlari sarhisob qilinib, joriy yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarini izchil mustahkamlash va ularni amaliy mazmun bilan to‘ldirishga intilishi tasdiqlandi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi barcha dolzarb masalalar, xususan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.