Asosiy kontentga o'tish

Vazirlik tuzilmasi

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
  • markaziy apparat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma);
  • tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — tuman qurilish bo‘limlari va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar;
  • Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi davlat muassasasi;
  • Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi davlat muassasasi;
  • Kompetensiyani rivojlantirish instituti davlat muassasasi (Arxitektorlar muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi, hududiy filiallar);
  • Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi;
  • “O‘zbekiston bunyodkori” Nashriyot uyi MChJ;
  • “O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali tahririyati MChJ;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari davlat muassasalari;
  • Issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyalari;
  • Issiqlik ta’minoti davlat tashkilotlari;
  • “Kommunal ta’minot markazi” davlat muassasasi;
  • “ToshuyjoyLITI” AJ;
  • “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ;
  • “O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi;
  • “ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi;
  • “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti davlat muassasasi;
  • “Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi;
  • Loyiha ofisi;
  • Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi davlat muassasasi.

703

Oxirgi yangilanish: 2024-05-28 14:23:57