Asosiy kontentga o'tish

Madaniy meros agentligi direktori Abdikarimov Baxodir Ganjievichning korrupsiyaga qarshi kurashish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan yo‘llagan MUROJAATNOMASI

2024-04-19 11:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli Madaniy meros agentligi jamoasi va qadrli fuqarolar!

Bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Davlat rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur keng miqyosdagi tadbirlar doirasida Madaniy meros agentligida ham faoliyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu kabi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, shuningdek ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturi belgilanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilandi. 

Agentlik tizimida mehnat qilib kelayotgan har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida halol va adolatli bo‘lishi,  korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘lgan holda ushbu illatga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga qat’iy rioya qilishlari shartligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda birgina davlat tashkilotlari emas balki, butun jamoatchilik va barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Madaniy meros agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizligining guvohi bo‘lsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, agentlikda tashkil qilingan maxsus aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin.

 

 

348