#rasmiy_munosabat
2025-02-19 14:40:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida birida Samarqand shahridagi “Chashma” yodgorligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ma’lumki, Samarqand shahrida joylashga “Chashma” yodgorligi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan Madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 2024-yil 13−16-avgust kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Samarqand shahrining Dahbet ko‘chasida joylashgan 170-manzilda yengil konstruksiyali dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha loyiha ko‘rib chiqilgan. Kengash xulosasiga ko‘ra, loyihalashtirilgan bino ustunlari Temuriylar davri va Samarqand me’morchiligi an’analariga mos ustunlarga moslashtirish sharti bilan ma’qullangan. Undan tashqari loyihalashtirilgan binoga tutash hududda joylashgan “Chashma” madaniy meros obyektini obodonlashtirish ham belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 20-may kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Kengashga moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari, ularda rejalashtirilgan asrashga doir ishlarni obyektning tarixiy-madaniy ahamiyati hamda noyobligiga putur yetkazmagan holda texnologiya va materiallarning qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli xulosa berishga doir qator vazifalar yuklatilgan.