Diqqat tanlov! #ijodkor_yoshlar
2024-04-04 09:45:00 / Yangiliklar
#ijodkor_yoshlar
Madaniyat vazirligi “Lazgi” xalqaro raqs festivali respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovning hududiy saralash bosqichi 8 - 9 aprel kunlari, respublika saralash bosqichi esa 11-12-aprel kunlari O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo'lib o'tadi.
Respublika bosqichining 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi nomidan 25–30-aprel kunlari Xorazmning Xiva shahrida bo'lib o'tadigan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh raqqos va raqqosalarimiz Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin!
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun, 55-502-33-77 (332) hamda 99-856-90-59 raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.