“Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi
2024-04-03 20:00:00 / Yangiliklar
![“Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F14fe1016-a7c6-5149-5df0-a650818db769_lists_slider_.png&w=3840&q=75)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ–64-son qarori ijrosini ta’minlash, Milliy opera sanʼatini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, turli xorijiy davlatlarning opera sanʼati vakillari ijro mahorati bilan yaqindan tanishish hamda ular bilan ijodiy aloqalarni mustahkamlash, opera sanʼatidagi iqtidorli yoshlarni kashf etish va qoʼllab- quvvatlash, xorijiy davlatlarning taniqli ijrochilarini jalb etish orqali mamlakatimizda opera sanʼatini yanada rivojlantirish, Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatri repertuarining ijodiy va sifat darajasini, teatr ijodkorlari ijro mahoratini yanada yaxshilash maqsadida, Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida 7 – 28-aprel kunlari “Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi.
Shunnigdek, 1-may kuni festival yakuniga bag‘ishlangan Katta gala-konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Festival ilk bor 2007-yilda Toshkentda o‘tkazilgan va hozirgi kunga qadar har ikki yilda bir marta bahorda o‘tkazilib, haqiqiy opera va balet bayrami sifatida, O‘zbekistonlik muxlislarni milliy va jahonning eng sara klassik asarlaridan bahramand etib kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida festival doirasida Italiya, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Latviya, Ukraina, Bolgariya, Gruziya, Moldaviya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlardan jahonga mashhur opera va balet solistlari, dirijorlar taklif etilib, festival katta muvaffaqiyat bilan tashkil etilmoqda.
Qariyb 17 yildan beri har bahorda an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan festival opera va balet muxlislari uchun ushbu san’atning eng go‘zal namunalaridan bahramand bo‘lishga va milliy opera va balet san’atimizning dunyo bo‘ylab nufuzini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
“Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali doirasida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda teatr hamkorligi yo‘lga qo‘yilib, elchixona tashabbusi bilan Milan konservatoriyasi professori, Joakkino Rossini nomidagi Simfonik orkestr dirijori Daniel Adjiman (Italiya), opera solistlari Valentino Boi va Paolo Larditsionelar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Kareliya Respublikasi Musiqali teatri bosh dirijori Mixail Sinkevich, Belorussiyalik dirijor, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bosh dirijor lavozimida faoliyat olib borayotgan Vyacheslav Chernuxo-Volich, “Karsten Witt Musik Management” dirijori Valentin Uryupin (Germaniya), Rossiya Federatsiyasidan: “Gelikon-opera” Moskva musiqali teatri solistlari Yuliya Nikanorova, Yelizaveta Kulagina, Mariinskiy davlat akademik teatri solistlari Oksana Shilova, Vladislav Sulimskiy, Vyacheslav Vasilyev, Gleb Peryazev, “Novaya opera” Moskva teatri opera solisti Vasiliy Ladyuk, Rossiya davlat akademik katta teatri balet artisti Dmitriy Smilevski, “Staatsballet Berlin” balet artisti Yana Salenko-Valter (Germaniya), Italiya davlati Puchchini akademiyasi opera solisti Yeva Dorofeyeva, Abay nomidagi Qozog‘iston davlat akademik opera va balet teatri opera solisti Altinbayeva Zarina (Qozog‘iston), Z. Pavliashvili nomidagi Tbilisi davlat opera va balet teatri Machitidze Marika (Gruziya)lar festivalning faxriy ishtirokchilari sifatida taklif etilgan.
Xalqaro opera va balet festivali 7-aprel kuni milliy opera san’atining eng go‘zal namunalaridan biri bo‘lgan Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” komedik opera spektakli bilan ochiladi.
Dirijor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Fazliddin Yakubjanov
Sahnalashtiruvchi rejissor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov
Н. Н. Niyoziyning shu nomli pesasiga S. Аbdulla, M. Muxamedov librettosi
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Maysara – Xalqaro tanlovlar sovrindori Aziza Muxamedova
Oyxon – Xalqaro tanlovlar sovrindori Malika Normatova
Cho‘pon – Xalqaro tanlovlar sovrindori Rustam Alimardonov
Mullado‘st – O‘zbekiston xalq artisti Avaz Radjabov
Hoji Darg‘a – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shukur G‘ofurov
Hidoyatxon – Abdug‘ani Ro‘ziyev
12-aprel kuni
Juzeppe Verdi Bal maskarad”
Dirijor – Mixail Sinkevich (Rossiya Federatsiyasi)
Sahnalashtiruvchi rejissor – Rossiya xalq artisti Aleksandr Titel
Sahnalashtiruvchi rassom – Viktor Shilkrot (Rossiya)
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Richard – Xalqaro tanlovlar sovrindori Damir Raxmonov
Ameliya – Xalqaro tanlovlar sovrindori Feruza Yusupova
Renato – Xalqaro tanlovlar sovrindori Rahim Mirzakamolov
14-aprel kuni
Jakomo Puchchini “Bogema”
Dirijor – Vyacheslav Chernuxo-Volich (Belorussiya)
Sahnalashtiruvchi rejissor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Andrey Slonim
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Mimi – Yeva Dorofeyeva (Italiya)
Rudolf – O‘zbekiston xalq artisti Samandar Alimov
Marsel – Xalqaro tanlovlar sovrindori Xislat Komilov
Myuzetta – Lyatife Abiyeva
18-aprel kuni
Pyotr Chaykovskiy “Oqqush ko‘li”
Dirijor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Fazliddin Yakubjanov
Sahnalashtiruvchi baletmeyster – M. Petipa va L. Ivanov, T. Baltacheev tahririda
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Odetta- Odilliya – Yana Salenko-Valter (Germaniya)
Zigfrid – Bekzod Akimbayev
Rotbart – Zamir Fazlutov
20-aprel kuni
Jakomo Puchchini “Toska”
Dirijor – Daniyel Adjiman (Italiya)
Sahnalashtiruvchi rejissor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Andrey Slonim
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Toska – Valentina Boi (Italiya)
Kavaradossi – Paolo Larditsioni (Italiya)
Skarpia – Xalqaro tanlovlar sovrindori Aminzoda Jumaniyozov
Anjelotti – Xalqaro tanlovlar sovrindori Xislat Komilov
21-aprel kuni
Juzeppe Verdi “Rigoletto”
Dirijor – A’zamxon Ahmedov
Sahnalashtiruvchi rejissor – Ruslan Sherezdanov
Sahnalashtiruvchi rassom – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zubaydullo Botirov
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Rigoletto – Vladislav Sulimskiy (Rossiya)
Jilda – Marika Machitidze (Gruziya)
Gertsog – O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov
Sparafuchile – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kirill Borchaninov
24-aprel kuni
Juzeppe Verdi, Pyedro maskan’i “Kameliyali xonim”
Dirijor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Fazliddin Yakubjanov
Sahnalashtiruvchi baletmeyster– Mehmet Balkan (Turkiya)
Sahnalashtiruvchi rassom – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydullo Botirov
Margarita – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Xamrayeva
Arman – Ulug‘bek Olimov
Baron – Zamir Fazlutov
26-aprel kuni
Adolf Adan “Jizel”
Dirijor – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Fazliddin Yakubjanov
Sahnalashtiruvchi baletmeyster – O‘zbekiston xalq artisti Ibrohim Yusupov
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Jizel – Shirin Vlasenko
Albert – Dmitriy Smilevski (Rossiya)
Mirta – Maftuna Xusniddinova
Gans – Timur Shangariyev
28-aprel kuni
Juzeppe Verdi “Traviata”
Dirijor – Valentin Uryupin (Germaniya)
Sahnalashtiruvchi rejissor – O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Firidun Safarov
Sahnalashtiruvchi rassom – Davron Radjabov
Bosh xormeyster – O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov
Violetta – Oksana Shilova (Rossiya)
Alfred – O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov
Jermon – Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Vasiliy Ladyuk (Rossiya)
Flora – Xalqaro tanlovlar sovrindori Valeriya Sharovatova