Madaniyat vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatiga bordi
2024-03-01 22:40:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirining o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Qashqadaryo viloyatidagi madaniy obyektlar faoliyatini o'rgandi.
Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan madaniyat muassasalari binosini hamda tashabbuskorlarning loyihalari bilan yaqindan tanishib muloqot qildi.
Shu bilan birga Shahrisabz shahardagi 2-son BMSM maktabi faoliyatini o`rgandi.
O'rganish davomida o‘quvchilarning ijod namunalari bilan tanishildi. Shuningdek, kelgusida ushbu maktabning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.