Qatarda O‘zbekiston madaniyati, hunarmandchiligi va turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi
2024-02-20 17:30:00 / Yangiliklar

Doha shahrida “O‘zbekiston madaniyati, hunarmandchiligi va turizm haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida mamlakatimiz madaniy merosi ko‘rgazmasi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun madaniyat va san’at sohasi vakillaridan iborat 130 nafarga yaqin O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar Davlatiga yetib bordi.