Madaniyat va san’at sohasidagi tanlovlarni tashkil etish xususiy sektorga topshiriladi
2024-02-14 14:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish, madaniyat va san’at sohasidagi tanlovlarning keng jamoatchilik ishtirokida hamda shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, ro‘yxatda ko‘rsatilgan ko‘rik tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun xususiy sektor vakillarini hamkorlikda ishlashga taklif etadi.
Tashkilotchilar Madaniyat vazirligi tomonidan eng yaxshi taklif egalari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor!!!
Takliflar joriy yilning 25-fevraliga qadar Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Madaniyat vazirligi tomonidan ro‘yxatda keltirilgan tanlovlar muddatlariga xususiy sektor vakillari tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: (+99899 856-90-59)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovi
2024-yildan boshlab har yili may oyida
“Marhabo talantlar” respublika ko‘rik-tanlovi
2024-yildan boshlab har yili may - oktyabr oylarida
“Ona zamin ohanglari” respublika ko‘rik-tanlovi
2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta - iyun oylarida