Vazir o'rinbosari O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida
2024-02-15 16:30:00 / Yangiliklar
![Vazir o'rinbosari O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F9d7a4c11-24c4-862b-da2b-0ffa9542eed9_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Bugun madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi
Shu bilan birga, vazir o'rinbosari O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qoshidagi malaka oshirish tarmoq markazida Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat boshqarmalari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarda ham ishtirok etdi.
Seminar davomida boshqarma boshliqlariga budjet mablag'laridan oqilona foydalanish, madaniyat muassasalari faoliyatini zamon talabiga mos ravishda tashkil etish, qo'shimcha moliyaviy manbalarni yaratish bo'yicha tegishli tushunchalarni berib o'tdi.