Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari ishtirokida seminar o‘tkazildi
2024-02-13 15:10:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qoshidagi malaka oshirish tarmoq markazida Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat boshqarmalari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida fikr yuritildi.
"Bugungi kunda sohamizda yutuqlar bilan bir qatorda yetarlicha muammolar ham bor. Sohani ilm bilan boyitishimiz zarur. Pedagoglarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori. Yillar davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar hozirgacha o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Musiqa va san’at maktablarida professional o‘qituvchilar yetishmovchiligi mavjud. Talab darajasida bo‘lmagan xodimlarni ko‘ksidan turtish emas, ularga yordam qo‘lini cho‘zib, malakasini oshirishi uchun imkoniyat yaratishimiz lozim", — dedi Bahodir Ahmedov.