Xalqaro madaniyat va san’at ta’limiga bag‘ishlangan konferensiya boshlanmoqda
2024-02-13 12:30:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabida Yunesko shafeligida xalqaro madaniyat va san’at ta’limiga bag‘ishlangan Jahon konferensiyasi o‘z ishini boshlash arafasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov o‘z nutqi bilan qatnashadi.