Asosiy kontentga o'tish

Andijonda “Nazm va navo” kechasi bo'lib o'tdi

2024-02-13 10:00:00 / Yangiliklar

Andijonning 7-sonli musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda ikki ulug‘ shoirning beqiyos she'riyatiga bastalangan o‘zbek milliy musiqa san'atining durdona namunalari el suygan san’atkorlar, “Yosh maqomchilar” ansambli, xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari, Andijon maqom markazi xonandalari hamda maktab-internatning o'quvchilari tomonidan ijro etildi.

46

Oxirgi yangilanish: 2024-02-13 10:17:37

Andijonda “Nazm va navo” kechasi bo'lib o'tdi