Xalqaro hamkorlik
2024-02-12 22:20:00 / Yangiliklar

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Xususan,
madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mita majlisini tashkil etish;
madaniyat va san’at sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini o‘zaro imzolash;
madaniyat sohasida o‘tkaziladigan festivallar, tanlov va musobaqalar to‘g‘risida o‘zaro muntazam ravishda ma’lumotlar almashish va ularda ishtirok etishni ta’minlash;
kino sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar ko’rib chiqildi.