Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2024-02-12 17:45:00 / Yangiliklar

12-fevral kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha bugungi kunda ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, “O‘zbekteatr” hamda “Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir Vazirlar Mahkamasining qaror loyihalari ko‘rib chiqildi.
Qaror loyihalarini takomillashtirilgan holda qisqa muddatlarda tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha vazir tomonidan tegishli tarkibiy bo‘linmalarga topshiriqlar berildi.