“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
2025-03-10 11:55:00 / Yangiliklar

Kuni kecha “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbirda Madaniyat, Sport, Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati ishtirok etdi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlangan ijodkor ayol-qizlarimizga tabriklar yo‘llanib, maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o’tamiz, Prezidentning "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh madaniyat xodimlari, o‘qituvchilar hamda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar:
Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi;
Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi - Namangan viloyati Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Saynazarova Layloxon Odiljon qizi - Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar madaniyat bo‘limi to‘garak rahbari;
Sodiqova Nasiba Majitovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining teatr san’ati fakulteti 3-bosqich talabasi (Toshkent shahri);
Babeshko Alina Aleksandrovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi o‘qituvchisi (Toshkent shahri)
Madaniyat vazirligi jamoasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaydi.