#Baxshi_2025
2025-03-03 13:00:00 / Yangiliklar

2021-yilda YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi doirasida Baxshichilik san’ati O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilning aprel oyida “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali" o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali — 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekistonda o‘tkazilib kelinmoqda. 2018-yilning noyabr oyida Prezidentning Surxondaryoga tashrifi chog‘ida uning taklifi bilan ushbu festivalni an’anaviy o‘tkazish rejalashtirilgan. Festivaldan ko‘zda tutilgan maqsad sharq xalqlari folklor san’atining yetakchi janrlaridan biri bo‘lgan baxshichilikni keng targ‘ib qilish, folklor an’analari va qadriyatlarini rivojlantirish va uni chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Baxshichilik va dostonchilik tarixi, ularning ijodini mukammal o‘rganish, xalq og‘zaki ijodiga oid asarlarni to‘plash, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirishdan iboratdir.
Bizni kuzatib boring, festival haqida ma’lumotlardan boxabar bo‘ling...