Gastrol konsert dasturi taqdim etildi
2025-02-28 14:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Samarqand viloyati Toyloq tumani Madaniyat markazida O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi ansambli gastrol konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari aka-uka G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchonovlar bir biridan go‘zal kuy qo‘shiqlar bilan ishtirokchilar zavqiga zavq ulashdi.