Jamoatchilik eshituvida musiqa va san’at maktablari holati tahlil qilindi
2025-02-28 15:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Madaniyat vazirligi hamkorlikda Bolalar musiqa va san’at maktablari mutasaddilari ishtirokida, joriy yilning 27-fevral kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi binosida Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim sifati bo‘yicha jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Unda, maktablarning moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlashi, pedagoglar va moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon viloyati misolida tahlil qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda mamlakatimizda 320 tadan ortiq bolalar musiqa va san’at maktablari bor bo‘lib, ularda 100 ming atrofida o‘g‘il-qiz xalq cholg‘ulari va estrada yo‘nalishida tahsil olmoqda.