Andijondagi madaniyat muassasalari faoliyati vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligida o‘rganilmoqda
2025-02-27 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 27-fevral kuni vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Andijon viloyatidagi bir qator madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.
Jumladan, vazir o‘rinbosari va ishchi guruh vakillari bilan birgalikda Andijon viloyat musiqali drama teatri yotoqxonasidagi shart-sharoitlari bilan tanishildi. O‘rganish davomida yotoqxona bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lganligi sababli kelgusida yotoqxona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, teatr yotoqxona binosini ta’mirlash va kelgusida faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi;
Izboskan tumani 38-son madaniyat markazida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. Ta’mirlash ishlarini yakunga yetkazish yuzasidan tuman hokimligi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazilib, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar markazni to‘liq foydalanishga topshirishga kelishib olindi;
Madaniyat vaziri o‘rinbosari va ishchi guruh vakillari bilan birgalikda Andijon tumanida joylashgan 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati holati ko‘zdan kechirilib, maktab uchun yangi 400 o‘rinli o‘quv binosini qurish hamda maktab yotoqxonasini ta’mirlash bo‘yicha 2026 yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish taklifi berildi;
Shuningdek, Andijon viloyat musiqali drama teatrida Qirg‘iziston Respublikasi Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek akademik musiqali drama teatri qoshidagi namunali maqom ansamblining konsert dasturi amalga oshirildi.