Turkiyaning “Lumisistem Aydinlatma Muhendislik” kompaniyasi vakillari O‘zbekiston Madaniyat vazirligida bo‘lishdi
2025-02-26 15:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Shohrux Akbarov hamda Turkiyaning “Lumisistem Aydinlatma Muhendislik” kompaniyasi rahbari, "Philips" transmilliy korporatsiyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha direktori N.Chag‘larjoriy boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Lumisistem Aydinlatma Muhandislik” kompaniyasining madaniy meros, sport va ommaviy ko‘ngilochar obyektlar, xususan, kinozallar, teatrlarning ichkari va tashqi (fasad) qismlarini yoritish tizimlarini o‘rnatish haqidagi tajribasi yuzasidan taqdimot qilindi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Madaniyat vazirligi tasarrufidagi binolarning ichki va tashqi taraflarini chiroqlar bilan bezash masalasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklifini ma’lum qilishdi.
Uchrashuv ijobiy ruhda o‘tdi.