Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘ldi
2025-02-21 11:30:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘ldi.
Yusufjon Usmonov xizmat safari davomida dastlab, 6-son Namangan shahridagi madaniyat markazida, Namangan tumanidagi 25-son “Joziba”, Norin tumanidagi 32-son “Farovon”, 31-son “Nihol”, Chust tumanidagi 72-son “Humo”, Chortoq tumanidagi 64-son “Iftixor” madaniyat markazlarini DXSH asosida qayta zamonaviy usulda qurish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan hujjat va loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotdan so‘ng Namangan viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, binoni investitsiya dasturi asosida qayta qurish bo‘yicha zudlik bilan vazirlikka taklif kiritish topshirig‘i berildi.
Xizmat safari davomida Yusufjon Usmonov Kosonsoy tumanidagi DXSH asosida zamonaviy usulda mukammal ta’mirlangan 17-son “Xushvaqt” madaniyat markazi faoliyati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.