"Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining 2024-yil yakunlari va 2025-yilgi ustuvor vazifalari” yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-02-19 15:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 19-fevral kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarligida “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining 2024-yil yakunlari va 2025-yilgi ustuvor vazifalari” yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida, 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul rejasini bajarilishi, 2024-yilda malaka oshirish kurslari rejasi bajarilishi, maktablarning oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi, direktorlarning tashabbuslari, o‘quvchilarning xalqaro va respublika tanlovlarda ishtirok etib, ijobiy natijalarga erishganligi ko‘rib chiqildi.
Ushbu yig‘ilishda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha hisobotlari muhokama qilindi.