Vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida sohaga oid milliy kontentlarni yaratish borasida yig‘ilish o‘tkazildi
2025-02-14 16:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida sohaga oid milliy kontentlarni yaratish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar, shuningdek, ularga yechim topish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.
"Bugunga kelib vatanimiz manfaatini axboriy jihatdan himoya qilayotgan kasb egalarini tom ma’noda vatan himoyachilari deb atash mumkin" - deya ta’kidladi Avazxon Tadjixanov.
Mamlakatimiz aholisining axborotga bo‘lgan talabini qondirish, yoshlarda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda milliy kontentning o‘rni muhimdir.
Barchaga ma’lumki, milliy kontent – bu ma’lum bir xalqning madaniyati, tarixi, urf-odatlari, tili va qadriyatlarini aks ettiruvchi raqamli, bosma yoki audiovizual materiallardir.
Sohaga oid milliy kontentlar yaratish, bu xalqimizning madaniyati, tarixi, urf-odatlari, tili va qadriyatlarini aks ettiruvchi raqamli, bosma yoki audiovizual materiallarni yaratish madaniy merosimizni keyingi avlodlarga yetkazishda hamda xalq orasida keng targ‘ib qilishda xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida, sohaga oid milliy kontentlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.