Toshkent viloyatida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
2025-02-11 16:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan vazirlik hududiy tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan 2025-yilda o‘tkaziladigan o‘rganishlar rejasi” ijrosini ta’minlash hamda tizim xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida, joriy yilning 3-7-fevral kunlari Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi hamda uning tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijalari yuzasidan ishchi guruh rahbari vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimi Komiljon Rahimov tomonidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati” va shu kabi bir qator korrupsion holatlarni oldini olishga doir huquqiy normativ hujjatlar tushuntirildi.