“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi PRESS-RELIZ
2025-01-31 13:00:00 / Press-relizlar
![“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi PRESS-RELIZ](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fcd278a3a-64a5-7474-e7f8-e0455e9d5f60_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Bugun, 31-yanvar kuni mamlakatimiz madaniyati va san’atini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qo‘shgan iste’dodli bir guruh ijodkorlar “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.
“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlash marosimi har yilgidan ko‘ra, bu yil o‘zgacha ruh va formatda o‘tkazilganligi bilan ajralib turdi.
Mukofotga teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, an’anaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod hamda madaniyat va san’atning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilib, 20 nafari taqdirlandi.
Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi PQ-594-son qarori) talablaridan kelib chiqqan holda, madaniyat va san’at sohasidagi ijodkorlarni yil yakuni bo‘yicha ijodiy faoliyatida erishgan yutuqlaridan kelib chiqqan holda nomzodlarni ko‘rib chiqish va tanlab olish “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.
Bugun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yo‘nalishi – Yilning eng yaxshi spektakli, Yilning eng yaxshi badiiy filmi, Yilning eng yaxshi qo‘g‘irchoq spektakli, Yilning eng yaxshi teatr aktyori, Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi, Yilning eng yaxshi teatr rejissyori, Yilning eng yaxshi qiziqchisi, Yilning eng yaxshi sirk artisti.
“Estrada va an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati” yo‘nalishi – Yilning eng yaxshi an’anaviy erkak xonandasi, Yilning eng yaxshi an’anaviy ayol xonandasi, Yilning eng yaxshi opera ijrochisi, Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi, Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi, Yilning eng yaxshi orkestri, Yilning eng yaxshi raqqosasi, Yilning eng yaxshi sozandasi.
“Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishi – Aholiga xizmat qilgan yilning eng yaxshi kutubxonasi, Yilning eng yaxshi adibi (shoiri), Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi, Yilning eng yaxshi media loyihasi.
Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar madaniyat vazirining buyrug‘i asosida mukofotning maxsus statuyetkasi hamda sertifikati, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yurtimizda uchinchi marotaba o‘tkazildi.
📞 +998915889085