Faxriddin Sodiqovning noyob merosi Maqom muzeyida
2025-01-20 10:00:00 / Yangiliklar
Faxriddin Sodiqovning boy ijodiy merosi va shaxsiy buyumlari O‘zbek milliy maqom san’ati markazi muzey fondini boyitishda davom etmoqda. Kuni kecha bo‘lim boshlig‘i Nilufar Tursunqulovaning tashabbusi bilan yana bir qator qimmatli eksponatlar muzeyga topshirildi.
Bu eksponatlar orasida Usta Usmon tomonidan 1963-yilda Faxriddin Sodiqov uchun maxsus yasalgan dutor, Yunus Rajabiy qalamiga mansub "O‘zbek xalq musiqasi" va "Shashmaqom" kitob jamlanmalarining to‘liq tomlari, shuningdek, eng noyob suratlar asl holatda taqdim etilgan.
Ushbu tarixiy suratlar tez orada markazning rasmiy sahifalarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur eksponatlar Faxriddin Sodiqov ijodini chuqur o‘rganish, milliy musiqa merosini keng targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashabbuslar o‘zbek milliy musiqasi tarixi va maqom san’atining ulug‘vorligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ustozning bebaho merosini asrab-avaylashga hissa qo‘shayotgan barcha fidoyilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Manba: https://t.me/maqommarkazi/13938