Vengriyada "O‘zbekiston kino kunlari”ni o'tkazish rejalashtirilmoqda
2025-01-09 11:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov va Vengriya Milliy kino sanoati bo‘yicha hukumat komissari Chaba Kael o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi,
Onlayn uchrashuvda, shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda Vengriya Milliy kino instituti direktori Akosh Pal hamda Oʻzbekiston Respublikasining Budapeshtdagi elchixonasi vakili ishtirokida onlayn muzokara o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ijodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan kinematografiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, qo‘shma filmlar suratga olish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shu o‘rinda, o‘zbek va venger sayyohlari Mulla Sodiq hamda Armin Vamberi to‘g‘risida tarixiy qo‘shma film olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning 30-yanvar – 1-fevral kunlari “Vengriyada O‘zbekiston kino kunlari”ni o‘tkazish hamda qo‘shma kinoloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.