Madaniyat vazirligida davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2025-01-09 11:00:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligi tomonidan vazirlikka tegishli bo‘sh turgan, avariya holatida hamda faoliyati samarasiz obyektlarni tadbirkorlik subyektlarining investitsiya mablag‘lari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish mexanizmi joriy etilgan.
Vazirlik tomonidan 2019 - 2024 - yillar davomida mahalliy investorlar tomonidan 48 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 230,5 mlrd. so‘mlik davlat-xususiy sheriklik bitimlari tuzilgan bo‘lib, loyihalar doirasida jami 720 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyihalardan bugungi kunda 16 tasi ishga tushirilgan bo‘lib, 29 tasida qurilish-rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda (3 ta DXSH bitimi bekor qilingan).
2024-yilda jami 15 ta DXSH bitimlar imzolanib, sohaga 86,3 mlrd.so‘m xususiy investitsiya mablag‘lari jalb qilinishi belgilandi. Buni hisobiga 182 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, bugungi kunda, 5 ta loyiha bo‘yicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida madaniyat muassasalarini tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 11,6 mlrd. so‘mga teng davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolash ishlari olib borilmoqda.
2025-yilda sohada davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 20 ta madaniyat muassasalari tashkil etish rejalashtirilgan.