Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyatidagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
2024-12-28 13:00:00 / Yangiliklar
Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Rishton tumanlarida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlar, shahar va tumandagi madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi.
Xizmat safari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida madaniyat va san’at muassasalari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 42-sonli madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Zilola” hamda Rishton tumani 46-son madaniyat markazidagi “Gulnoz” ashula va raqs xalq ansambllari faoliyati, repertuarlari va jamoa uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yangi dasturlar ishlash bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, markazlardagi kutubxonalar faoliyati va ularning fondiga alohida e’tibor qaratilib, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, madaniyat markazlarining obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi.
Kun yakunida madaniyat bo‘limi mudirlari hamda madaniyat markazlarining filial mudirlari bilan uchrashib, shahar va tumanlardagi madaniyat va san’at sohalarida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli rahbar va xodimlarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.