Madaniyat vazirining o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Xorazmda bo‘ldi
2024-12-09 10:00:00 / Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov Xorazmga xizmat safari davomida viloyatning Gurlan va Shovot tumanlarida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlar, tumanlardagi madaniyat muassasalari joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Xizmat safari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida madaniyat va san’at muassasalari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘rganish davomida Prezidentning 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–406-son hamda “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–405-son qarorlarining ijrosi va ijro intizomiga rioya qilinish holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Gurlan tumanida 8-son “Pahlavon Mahmud”, 9-son “Iqbol” madaniyat markazlari, 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Shovot tumanida 56-son “Oydin hayot”, 57-son “Komiljon Otaniyozov”, 48-son tuman madaniyat markazlari, 8-son hamda 17-son bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Madaniyat muassasalarining obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan mas’ullar ogohlantirildi.
Ma’lumot o‘rnida, Xorazm viloyatidagi xizmat safari 4-5-dekabr kunlari davomida bo‘lib o‘tdi.