O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Italiyaning bir qator madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashdi
2024-12-08 13:00:00 / Yangiliklar
![O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Italiyaning bir qator madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fafacf777-bf9d-e5e7-0f3a-108c35753a8d_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Avval xabar berilganidek, Italiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Madaniyat kunlari doirasida ikki mamlakat madaniyat sohasi vakillari o‘rtasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Italiyaning mashhur festivali Pucchini xalqaro festivali prezidenti Fabritsio Mirakolo, “MAGISTER ART” kompaniyasi rahbari Renato Saporito, Auditorium Parco della Musica Ennio Morricone konsert muassasalari kompleksi rahbariyati hamda O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvlar davomida 2025-yilda Italiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mashhur Pucchini xalqaro festivalida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki haqida kelishuvlar muhokama etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi delegatsiyasi “MAGISTER ART” kompaniyasi bilan konsert-tomosha va teatrlarni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va texnik xodimlar malakasini oshirish, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro festivallarga yuqori texnologiyalarni jalb etish, nomoddiy madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish, madaniyat obyektlari boshqaruvi ya’ni menejment sohasida xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Elchixona vakillari bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvlar yakunida so‘nggi yillarda ikki mamlakatning madaniyat sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.