O'zbekiston va Turkiya madaniyat sohasi vakillari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi
2024-12-03 21:00:00 / Yangiliklar
Xabar qilganimizdek, joriy yil 2―5-dekabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida TURKSOY xalqaro madaniyat tashkiloti bilan hamkorlikda qoraqalpoq xalqining atoqli shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g'li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ma'sul xodimlari Bahrom Usmonov va Hamroz Dehqonov, TURKSOY tashkiloti ma'sul xodimi Dilbahor Xudoyberdiyeva, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Rasul Zarikeev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vaziri Begis Temirbayevlar Istanbul shahri madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig'i Jo‘shqun Yilmaz o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda delegatsiya a'zolari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat va turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turkiyalik investorlarni jalb qilish borasida muhokamalar olib borishdi.