"Sharq bozori" (Восточный базар в Казани) turkiy va sharqiy xalqlar xalqaro festivali doirasida Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov delegatsiya vakillari bilan uchrashdi
2024-12-02 10:00:00 / Yangiliklar
#Xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, Tataristonning Qozon shahrida "Sharq bozori" (Восточный базар в Казани) turkiy va sharqiy xalqlar xalqaro festivali bo‘lib o‘tgandi. (https://t.me/madaniyatvazirligi/41832)
Festival doirasida Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov delegatsiyamiz bilan uchrashdi.
"Sizning Tataristonga tashrifingiz o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga , mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga va shu bilan birga , Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan ham aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ― dedi Rustam Minnixanov .
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Rasul Zarikeev Qozonda bo‘lib o‘tgan festivalning yuqori darajada tashkil etilganligini ta’kidlab, taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida: "Sharq bozori" turkiy va sharqiy xalqlar xalqaro festivalida dunyoning 40ga yaqin davlatlaridan ijodiy jamoalar qatnashishdi.