Toshkentda Turkiy tilli davlatlar tashkilotining Diaspora masalalari bо‘yicha idoralar rahbarlarining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2024-11-19 09:15:00 / Yangiliklar
Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Diaspora masalalari bо‘yicha idoralar rahbarlarining beshinchi yig‘ilishi yakunlari bо‘yicha 2024-yil yig‘ilishning oltinchi majlisini Toshkent shahrida tashkil etish va о‘tkazish vazifasi belgilangan.
Joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkentdagi “Hyatt Regancy Tashkent” mehmonxonasida Turkiy tilli davlatlar tashkilotining Diaspora masalalari bо‘yicha idoralar rahbarlarining oltinchi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Unda TDT kotibiyati, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Qozog‘iston va О‘zbekistondan a’zolar ishtirok etishdi.
Mehmonxona foyesida Milliy madaniy markazlarning xalq-hunarmandchilik asarlari kо‘rgazmasi konferensiya ishtirokchilari diqqatiga havola qilindi.
Forumdan maqsad – a’zo davlatlar diasporalari salohiyatini oshirish va birdamlik tuyg‘usini mustahkamlash, turkiy diasporalarning muammolari va ularni bartaraf etishning mumkin bо‘lgan yо‘llarini muhokama qilish, a’zo davlatlarning diaspora institutlari hamda diaspora NNT о‘rtasida о‘zaro tajriba almashish hisoblanadi.
Tadbir О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari raisi Rustambek Kurbanovning ochib berish nutqi bilan boshlandi. Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyatining Bosh Kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Ozarbayjon Respublikasi Diaspora bilan ishlash davlat qо‘mitasi raisi Fuad Muradov, Qirg‘iz Respublikasi Mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va migratsiya vaziri о‘rinbosari Bakit Darmanku uuli, Qozog‘iston Respublikasi “Otandastar Fondi” rahbari Daniyar Kadirov, Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar qо‘mitasi raisi Abdulla Eren nutqlari tinglandi.
Hozirgi notinch va tahlikali zamonda dunyo hamjamiyati oldida turgan, insoniyat duch kelayotgan murakkab muammolar, xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, turli tahdidlarning oldini olishda barcha ezgu niyatli insonlarni, ayniqsa, qо‘shni mamlakatlar bilan birgalikda, nufuzli xalqaro tashkilotlarning say-harakatlarini birlashtirishni bugun hayotning о‘zi taqozo etmoqda.
Ushbu global masalalarni hal etishda xorijiy mamlakatlarining millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ilmiy va informatsion salohiyatini birlashtirish, hamkorlik va dо‘stlik aloqalarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
О‘zbekiston xalqining milliy о‘zligi, tarixiy о‘tmishi, tili, madaniyati va ma’naviyati bilan bog‘liq azaliy qadriyatlarni qо‘shimcha vositalar bilan mustahkamlashga keng yо‘l ochib beradi, hamda xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy va dо‘stlik aloqalarini kengaytirish, chet eldagi vatandoshlarimiz bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mintaqah davlatlarida madaniy-gumanitar sohada “xalq diplomatiyasi” imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va О‘zbekiston a’zo bо‘lib, Vengriya va Turkmaniston 2018-yildan buyon Tashkilotda kuzatuvchi-davlat maqomiga ega.
Yig‘ilish yakunida О‘zbekiston “Vatandoshlar” fondi bilan Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar vaqardosh jamiyatlar qо‘mitasi о‘rtasida Memorandum imzolash marosimi bо‘lib о‘tdi.
Dastur doirasida Millatlararo munosabatar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi raisi Rustambek Kurbanovning TDT diaspora masalalari bо‘yicha idoralari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar ham bо‘lib о‘tdi.