Asosiy kontentga o'tish

Talabalar tomonidan yaratilgan film xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi

2024-11-04 09:40:00 / Yangiliklar

#Xalqaro_hamkorlik
#Kino

 

Kuni kecha Rossiyaning Krasnodar o'lkasida “Molodoy kinovek” XX Xalqaro havaskor va professional filmlar kinofestivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Kinofestivalga Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Misr, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar davlatlardan 500 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ishlar 15 nominatsiya boʻyicha baholandi.

 

“Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasida 1-oʻrinni rejissyor, ssenariy muallifi Alisher Karimov, operator Umid Malikov, muharrir Husan Yusupov, prodyuser Baxtiyor Salaydinovdan iborat ijodiy guruh tomonidan yaratilgan “Konduktor” (“Toshkentga yoʻl”) filmi egalladi.

 

Mazkur film Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali bilan hamkorlikda suratga olingan 5 ta qisqa metrajli filmlardan biri boʻlib, joriy yilning iyun  oyida Toshkent shahrida mazkur  filmlar premyerasi oʻtkazilgandi.

244

Oxirgi yangilanish: 2024-12-19 17:21:20

Talabalar tomonidan yaratilgan film xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi