Asosiy kontentga o'tish

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov vazirlik tasarrufidagi ta'lim muassasasida bo'ldi

2024-11-01 15:20:00 / Yangiliklar

#Jarayon

 

Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Madaniyat vazirligi tasarrufidagi R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabiga tashrif buyurib, ta'lim dargohidagi sharoitlar bilan tanishdi.

 

Jumladan, maktabdagi 2024-yilda kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatilishi, 2024-2025-yillarda kuz-qish davrida obyektlarning issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanishi va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash jarayonlari, maktab yotoqxonasidagi sharoitlarni kompleks o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

 

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda ta'lim muassasasida 800 nafardan ortiq o'quvchilar tahsil olishmoqda.

 

155

Oxirgi yangilanish: 2025-02-05 17:46:34

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov vazirlik tasarrufidagi ta'lim muassasasida bo'ldi