Rossiyada "O‘zbekiston madaniyati kunlari" bo‘lib o‘tadi
2024-10-26 18:40:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligida O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov va Moskva hukumati vaziri - Moskva shahri Tashqi ishlar va iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari Sergey Cheryomin o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Rossiya o'rtasida madaniyat sohasida hamkorlik jadal rivojlanib borayotganligi qayd etilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Sergey Cheryomin 2024-yilning 21-24-oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan "Moskva kunlari"ni yuqori saviyada tashkil etishda ko'rsatgan yordami uchun Madaniyat vazirligiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, teatr, kino, sirk sohalarida hamkorlikda qo'shma loyihalar amalga oshirish, Moskva shahrida qurilayotgan kino parkida O'zbekiston vakillarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, joriy yilning noyabr oyida Rossiyada tashkil etiladigan "O'zbekiston madaniyati kunlari"ga Sergey Cheryomin taklif etildi.