Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Namanganda bo'ldi
2024-10-22 20:00:00 / Yangiliklar

#Xizmat_safari
#Namangan
Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, sohaga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me’yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarhamda ijro intizomi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Namangan viloyat bo‘limi, Norin va Kosonsoy tumanlaridagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari ko‘zdan kechirildi. Kosonsoy tumanidagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida amaliy san’at yo‘nalishi yog‘och o‘ymakorligi sinfi o‘qituvchisi Mo‘minjon Qayumov amaliy ishlari ko‘zdan kechirildi hamda viloyatdagi madaniyat markazlarini bezatishda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
2024-yilning 1-noyabriga qadar har bir tuman-shaharlarda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garakxonalari bo‘lgan bittadan namunali madaniyat markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ma'lumot o'rnida, namunali madaniyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha tuman-shaharlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, shundan, 1 ta Kosonsoy tumanidagi 13-son madaniyat markazlari namunali madaniyat markazi sifatida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Kosonsoy tumani 13-son madaniyat markazini namunali madaniyat markazi sifatida tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlari madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov hamda boshqarma boshlig‘i Ziyovitdin Sarimsakov tomonidan ta’mirlash ishlari ko'zdan kechirilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xizmat safari davomida Murodjon Majidov Norin tumani 31-son Nihol va 32-son Farovon Kosonsoy tumanidagi 17-son Xushvaqt madaniyat markazi faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishdagi muammolarni o‘rgandi.
Tadbirkorlar I.Abdullayev, B.Mamasoliyev va I.Qodirovlar bilan muloqot qilib, davlat-xususiy sheriklik bitimi shartlari asosida belgilangan vazifalarni o‘z muddatida bajarish bo‘yicha vazifalar belgilandi.