Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi
2024-10-17 20:45:00 / Yangiliklar
![Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F0999b055-9fae-fb9c-ffd8-b499053aa424_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo‘lib, viloyatdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o'rgandi.
Xizmat safari davomida Bahodir Ahmedov tomonidan Xorazm viloyatining Urganch shahri, Yangibozor va Urganch tumanlarida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlar, hududlardagi madaniyat muassasalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xizmat safari davomida Prezidentning Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida madaniyat va san’at muassasalari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Xususan, Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun hududdagi badiiy jamoalarning faoliyati o‘rganilib, moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.
Urganch tumanidagi 20-sonli “Nurli yo‘l” hamda Yangibozor tumanidagi 66-sonli “Jayxun” madaniyat markazlaridagi jamoalar faoliyati, repertuarlari va ansambl uchun yaratilgan sharoitlar hamda Urganch shahrida joylashgan Xorazm viloyati namunali maqom ansambli faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Muassasalarning obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi.
Shuningdek, Xorazm viloyati namunali maqom ansamblining repertuarlarini boyitish, Xorazm maqom yo‘llarini yozib olish, muntazam ravishda respublika bo‘ylab gastrol safarlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng Bahodir Ahmedov Urganch shahrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi uchun yangidan barpo etilayotgan binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Bu yerda jamoa uchun yaratiladigan sharoitlar, ijodiy jamoa, xususan, raqs mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan xonalar, kichik zal hamda ansambluchun repetisiya xonalarini namunali qilib tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Xorazm san’ati namunalarini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilish maqsadida kelgusi yili O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi hamda Xorazm viloyati namunali maqom ansamblining Toshkent shahrida hisobot konsertlarini o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.