Vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov vazirlikda raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish, sohaga qo‘shimcha xizmatlarni biriktirish orqali masofaviy xizmatlar turini kengaytirish taqdimoti bilan tanishdi
2024-09-29 16:40:00 / Yangiliklar
Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Madaniyat vazirligida mansub kreativ iqtisodiyot yo’nalishlarini Raqamli texnologiyalar bilan uyg’unlashtirish, sohaga qo’shimcha xizmatlarni biriktirish orqali masofaviy hizmatlar turini kengaytirish maqsadida “IT Investments Center” hamda “Uzbekistan Creative Association” vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
O‘zbekiston animatsiya sanoatini xalqaro standartlar asosida yanada yuksaltirish;
Animatsiya maktablarida xalqaro mentorlar tajribasidan foydalanish;
O‘yin ishlab chiqish studiyalari uchun Madaniyat yo’nalishida Game designer, 3D/2D artist, modeller, animator, Concept Art designer, Sound Designer mutaxassislarini tayyorlash va ularni xalqaro mehnat bozorida raqabatbardosh qilish;
Elektron musiqa sanoatini rivojlantirish borasida Madaniyat tizimida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni Spotify, Apple Music, You Tube music, SoundCloud, Bandcamp platformalari yordamida qo‘shimcha daromad topishlari;
Tizimda mavjud Teatrlarga Jahon tajribasini qo‘llash orqali o‘z auditoriyalarini yanada kengaytirish, infratuzilmalarini zamonaviy dekoratsiya qurilmalari bilan boyitish, hamda kelajakda grant va investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu harakatlar rejasi madaniyat sohasida innovatsion va texnologik yechimlarni qo‘llash va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali O‘zbekistonning kreativ iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga ko‘maklashadi.