Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi
2024-09-19 13:30:00 / Yangiliklar
Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda hududiy tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda quyidagi kun tartibidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida 2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida;
Tizim tashkilotlarining 2024-yilda madaniy tadbirlardan tushadigan tushumlarning yillik rejasining bajarilish holati;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari va qalamchalar ekilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ko‘chmas mulk obyektlari va yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari haqida.
Yig'ilish davomida ko'tarilgan masalalar yuzasidan bugungi kun holatida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, har bir hudud alohida tahlil qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas'ullar ogohlantirilib, zudlik bilan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig'ilish yakunida yil yakuniga qadar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan rejada belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va samarali bajarish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.