Xalqaro hamkorlik doirasidagi tadbirlar
2024-11-30 12:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Shveysariya Konfederatsiyasi Jeneva shahrida “Sanoat avariyalarining transchegaraviy ta’siri to‘g‘risidagi Konvensiya” loyihasi doirasida tomonlarning 13-yig‘ilish konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu konferensiyasidan maqsad, iqlim o‘zgarishi, dekarbonizatsiya va muqobil energiyaga o‘tish sohasidagi muammolar, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelayotgan texnogen baxtsiz hodisalar, sanoat chiqindilarining xavfsizligini ta’minlash borasidagi muammolarni hal etishning asosiy masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, konferensiyada sanoat xavfsizligi, suvning tasodifiy ifloslanishini oldini olishda yuzaga kelayotgan muammolar, suv manbaalarini ifloslanishi bilan bog‘liq sanoat avariyalarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilib muhokama qilindi.